Yagona aloqa markazi
1248
  • Butunlay yangi SONATA

    SONATA

Texnologiyalar siz uchun qaygʻurmoqda.

Va bu bejizga emas. Butunlay yangi Sonata haqiqatdan sizning farovonligingiz uchun moslangan oʻzining ilgoʻr texnologiyalari bilan yuraklarni zabt etmoqda va bunga asos bor. Haydovchiga yordam beruvchi ilgʻor texnologiyalarning ishlashi sizga hattoki sezilmaydi, bu esa haydovchini ortiqcha tashvish va stressdan xolos etib, boshqaruv yanada yaxshiroq, aqlliroq va xavfsizroq tus oladi.
Tashqi uslubdan tortib, harakatlanish dinamikasigacha Sonatada uning ishlab chiqarilishi mobaynida asosiy konsepsiyasi sifatida xizmat qilgan sezgir sportcha ruh aks ettirilgan. Hozirgi haydovchilar aqlli, maxsus interfeyslarni xohlashayotganlari bois Sotana ulanish imkoniyatlari va qulay funksiyalar toʻplamini taklif qilib, qoʻngʻiroqlarga javob beradi. Hayot tarzimiz qanday boʻlmasin, Sonata avtomobil haydash erkinligi va zavqi mujassam butunlay yangi olamga eshiklarini ochadigan eng mos avtomobil.

Technology loves you.

Ilhomlantiruvchi texnologiya

Sonataning oliy uslubiga lol qolishning oʻzi yetarli emas. Mahsulotning sirliligini oshiradigan, soʻnggi paytlarda suhbat mavzusiga aylangan darajalanadigan yashirin yorugʻlik texnologiyasi kabi innovatsion konstruktiv parametrlar oliy unvonlarga loyiq. Sonataning yuqori texnologik koʻrinishi uygʻunlashtirilgan orqa LED chiroqlar va toʻliq LED old yoritish tizimi bilan kuchaytirilgan. Yuqori ish unumining isboti sifatida Hyundai qoʻshimcha 18 dyuymli quyma disk toʻplami va premium toifadagi Pirelli shinalarini taklif qiladi.

Technology that inspires.

Mukammallikka yanada yaqin.

Yangi Sonatani boshqarib, mashina haydash har qachongidan-da mukammalligini his eting. Dunyoda hech bir narsa ideal emasligi sizga yaxshi maʼlum: Xatolar yuz berishi mumkin, ammo Sonataning haydovchiga yordam beruvchi ilgʻor texnologiyalari buni sizdan oldin anqilaydi va xavfsizlik yuzasidan, shuningdek eng yaxshi haydovchi boʻlishingiz uchun hattoki tegishli choralarni ham koʻradi. Sonataning har bir detali mutlaqo yangi, biroq barcha tegish nuqtalari shunchalar tanish va tushunarliki, foydalanganda qulaylik va toʻliq ishonchni his qilasiz. Yangi Sonata: Avtomobilni boshqarish mukammalligiga erishishga har qachongidan-da oz qolgani ayni haqiqat.

A step closer to perfection.

Toʻliq qamrovli tovush.

Sonataʼdan premium toifadagi toʻliq yangi Bose audio tizimi hayratlanarli darajadagi jonli va tiniq shunday bir ajoyib tovushni hosil qiladiki, xuddi asl manbada boʻlgandek hissiyot paydo boʻladi. Bu yangilik oʻn ikkita akustik sozlangan karnay, Centerpoint Surround Sound tizimi va tezlik dinamikasi kompensatsiyasini oʻz ichiga oladi. Shunday tizim ishlaganda, oʻzingizni ovoz yozish studiyasiga tushib qolganday his qilasiz. Bu yangilik oʻn ikkita akustik sozlangan karnay, Centerpoint Surround Sound tizimi va tezlik dinamikasi kompensatsiyasini oʻz ichiga oladi. Shunday tizim ishlaganda, oʻzingizni ovoz yozish studiyasiga tushib qolganday his qilasiz. Standart funksiya sifatida oʻrnatilgan Bluetooth eshitish sifatini yanada oshiradi va smartfonni audiotizimga ulab, baland ovoz rejimida aloqa qulayliklari bilan taʼminlaydi.

Sound that embraces you.

Galereya

Hyundai haqida batafsil

Tasvirlar, motor xarakteristikalari va yuqorida keltirilgan maʼlumotlar mintaqadan mintaqaga farq qilishi mumkin. Barcha axborotlar va rasmlar nashr qilish vaqtida mavjud maʼlumotlarga asoslangan va oldindan xabar berishsiz oʻzgartirilishi mumkin. Tafsilotlar uchun hududiy bosh sahifaga kiring yoki dilerga murojaat qiling.