Yagona aloqa markazi
1248

Kafolat

HYUNDAI YANGI AVTOMOBILI UCHUN KAFOLAT SHARTLARI

Kafolat davri va Avtomobilning xizmat muddati.

Hyundai yangi avtomobillarining qismlari uchun kafolat muddati, 8 va 9-betlarda qayd etilgan alohida butlovchi qismlardan tashqari, rasmiy Diler tomonidan Hyundai avtomobili birinchi xaridorga sotilgan (topshirilgan) paytdan eʼtiboran qaysi biri oldinroq boshlanishiga qarab, 36 oyni yoki 100 ming km oʻtilgan masofani tashkil etadi, bu haqda Servis daftarida kafolat boshlangan sana toʻgʻrisidagi tegishli belgi dalolat berishi kerak.
Hyundai avtomobilining xizmat muddati, qaysi biri oldinroq boshlanishiga qarab, 6 yilni yoki 150 ming km oʻtilgan masofani tashkil etadi.
Kafolat muddati va xizmat muddati Hyundai avtomobili birinchi xaridorga sotilgan (topshirilgan) paytdan eʼtiboran, yaʼni Servis daftarining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasida qayd etilgan kafolat boshlangan sanadan eʼtiboran boshlanadi. Avtomobil egasi faqat materiallar sifati yoki ishlab chiqarish sifati bilan bogʻliq kafolatlarga doir va faqat kafolat davri mobaynida talablar taqdim qilishga haqli.



Alohida butlovchi qismlar uchun kafolat.

Hyundai avtomobilining quyidagi qayd etilgan alohida butlovchi qismlari uchun kafolat Hyundai avtomobili birinchi xaridorga sotilgan (topshirilgan) paytdan eʼtiboran, yaʼni Servis daftarining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasida qayd etilgan sanadan eʼtiboran quyidagi doirada taqdim qilinadi:


Qaysi biri oldinroq boshlanishiga qarab, 12 oy yoki 20 ming km oʻtilgan masofa:


Tormoz disklari va barabanlari.


Gazorazryadli lampalar.


Xladagent bilan konditsiyalash tizimiga yonilgʻi quyish.


Uzatma kamarlari.


Akkumulyator batareyasi.


Har xil turdagi qistirmalar (silindrlar bloki kallagining qistirmasidan tashqari).


Old va orqa osma ilgagi stabilizatorlari vtulkalari.↵

Qaysi biri oldinroq boshlanishiga qarab, 36 oy yoki 100 ming km oʻtilgan masofa

Ishlab chiqaruvchi tomonidan oʻrnatilgan audioapparatura.


Kafolat bilan nima qoplanmaydi?

Reglament ishlari, rejali texnik xizmat koʻrsatish, diagnostika va rostlash ishlarini bajarishda bir marta ishlatiladigan qismlar va boshqa sarflanadigan materiallar.

Har qanday detallarning meʼyoriy yeyilishi, meʼyoriy foydalanish va atrof-muhitning taʼsiri, shu jumladan kislotali yomgʻir, ular atmosferasining agressiv moddalari, sanoat chiqindilari tufayli ifloslanish, ximikatlar, oʻsimliklar soki, toshlar, tuz, shuningdek doʻl, boʻron, chaqmoq, toshqin va boshqa tabiat hodisalari taʼsiri natijasida detallar qoplamalari, lok-boʻyoq qatlami, rezina detallar, qoplama va pardozlarning tabiiy eskirishi va buzilishi.

Avtomobilning sifatiga, tavsiflariga yoki ishlash qobiliyatiga yoki uning qismlariga taʼsir etmaydigan biroz ogʻishlar (masalan, avtomobilning agregatlari va tizimlari meʼyoriy ishlashi bilan birga kechadigan kuchsiz shovqin, gʻichirlash yoki tebranish).

Qistirmalar va salniklar orasidan moylar, texnik suyuqliklar yoki surtiladigan moylarning biroz (meʼyoriy sarflanishiga taʼsir etmaydigan) sizib oʻtishi.

Pardoz, lok-boʻyoq va galvanik qoplamalar qismlarining maxsus usullar qoʻllanilishsiz aniqlab boʻlmaydigan kamchiliklari.

Hyundai avtomobillarida Ishlab chiqaruvchi tomonidan yoki Ishlab chiqaruvchining nazorati ostida oʻrnatilgan displeylar ekranlarida kam sonli (eng koʻpi bilan 3 dona) yorqin yoki qora nuqtalar mavjudligi.

Toʻliq xizmat koʻrsatilmaganligi yoki tegishlicha xizmat koʻrsatilmaganligi, masalan, foydalanishga doir qoʻllanmada belgilangan kundalik yoki davriy texnik koʻrik va texnik xizmat koʻrsatilishiga eʼtiborsizlik natijasida yetkazilgan zarar va/yoki nosozlik; rejali texnik xizmat koʻrsatilishi oʻrtasida ancha ortiqcha masofa bosib oʻtilishi (qaysi biri oldinroq boshlanishiga qarab, 500 km dan koʻproq yoki 1 oy).

Ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlanmagan asl boʻlmagan detallar, qurilmalar yoki uskunalardan foydalanish yoki taʼmirlash oqibatlarini bartaraf etish, xizmat koʻrsatish va rasmiy Diler hisoblanmagan texnik markaz tomonidan bajarilgan har qanday boshqa turdagi ishlar natijasida yetkazilgan zarar va/yoki nosozlik.

Avtomobilning yoʻl-transport hodisasi, Hyundai avtomobiliga ehtiyotsizlik, eʼtiborsizlik bilan munosabatda boʻlish, uskunalaridan notoʻgʻri foydalanish, avtomobilni boshqarishda notoʻgʻri usullar qoʻllanilishi, undan poygalarda, rallida, (shu jumladan, biroq cheklanmagan holda) taksi, oʻquv avtomobili va h.k. sifatida foydalanish natijasida shikastlanishi, shuningdek Hyundai avtomobili yoki uning qismlarining Ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlanmagan modifikatsiya qilinishi (avtomobilning tuzilishiga oʻzgartishlar kiritilishi, qoʻshimcha uskuna oʻrnatilishi, avtomobil egasi va uchinchi shaxslarning uzellar va agregatlar tizimlari ishiga aralashuvi).

Yuk ortish-tushirish yoki transportirovka qilish natijasida yuk boʻlmasi va/yoki saloni shikastlanishi.

Nosoz Avtomobildan foydalanish imkoniyati yoʻqligi, vaqt yoʻqotilishi bilan bogʻliq xarajatlar, yonilgʻi, telefon aloqasi uchun xarajatlar, transport xarajatlari, daromadlar yoʻqotilishi va boshqa tijorat yoʻqotishlari.

Odometr koʻrsatkichlari sunʼiy oʻzgartirilgan Avtomobilning har qanday nosozliklarini bartaraf etish, shuningdek ushbu nosozliklar bilan bogʻliq barcha ehtimoliy zararlar.

Boshqa nosozliklar aniqlanganidan soʻng oʻz vaqtida bartaraf etilmaganlik oqibatida yuzaga kelgan nosozliklar va ularning oqibatlari.

8 va 9-betlarda qayd etilgan detallar yoki mazkur Servis daftarida belgilangan cheklanishlar tufayli kafolat muddati tugagan detallar ishdan chiqishi natijasida yuzaga kelgan zararlar.


Sarflash va moylash materiallari, ishlatiladigan yoki meʼyoriy foydalanishda eskirishga va buzilishga moyil boʻlgan boshqa qismlar:


• Barcha turdagi filtrlar.
• Oʻt oldirish svechalari.
• Ssepleniya (ilashma) yuritma diski.
• Tormoz kolodkalari.
• Oynatozalagichlar choʻtkalari.
• Eruvchan saqlagichlar.
• Choʻgʻlanma lampalar.
• Avtomobilning barcha tizimlari uchun moylar, suyuqliklar va surtiladigan moylar.
• Yonilgʻi.

Hyundai avtomobili kuzovi lok-boʻyoq qoplamasining turli xil yoritish optik taʼsirlari, koʻrish xususiyatlari, shuningdek boshqa omillar tufayli biroz turli tusligi.

Hyundai avtomobili yoki uning alohida qismlarining tashqi taʼsirlar, shu jumladan, biroq cheklanmagan holda, sanoat, qurilish va kimyoviy chiqindilar, havoning kislota yoki ishqorli zararli moddalar bilan ifloslanishi, kislotali yomgʻirlar, oʻsimliklar soki, qush va hayvonlar tabiiy chiqindilari, muzga qarshi reagentlar, toshlar, qum, tuz va h.k. kabi yoʻl qoplamalari qismlari taʼsirlari tufayli yuzaga kelgan kamchiliklari.

Kuzovning qismlari hisoblanmagan detallar (reylinglar, shovqinsoʻndirgichlar, oynatozalagichlar tortqilari, eshiklar tutqichlari, kuzovning dekorativ pardoz va h.k.) loy-boʻyoq yoki boshqa dekorativ qoplamalari kamchiliklari.

Avtomobildan meʼyoriy foydalanishda yuzaga keladigan oʻzaro harakatlanuvchi detallar kontakti yuzalarida loy-boʻyoq qoplamalarining oʻchirilib ketishi.

Avtomobilning fors-major vaziyatlari, shu jumladan, biroq cheklanmagan holda, yongʻinlar, falokatlar, tabiiy ofatlar, chaqmoqlar, toshqinlar, zilzilalar tufayli shikastlanishi.



Lok-boʻyoq qoplamasi uchun kafolat.

Kafolatning ushbu turi lok-boʻyoq materiallari yoki ularni qoplash texnologiyalari nuqsoni aniqlanganida, ushbu nuqsonlarning paydo boʻlish sabablari ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan holatdagina boʻyalgan yuzalarning bepul taʼmirlanishini nazarda tutadi.
Kafolatli taʼmirlash (taʼmirlash yoki almashtirish) zaruriyati va usuli toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqi va vazifasi Avtomobil egasi murojaat qilgan Dilerlik korxonasining kafolat boʻyicha muhandisiga tegishlidir.
Dilerlik korxonasining kafolat boʻyicha muhandisiga Avtomobil egasi va Distribyutor oldida oʻz qarorini asoslash vazifasi ham yuklatilgan.

Kafolat davri.

Hyundai yangi avtomobillarining lok-boʻyoq qoplamasi uchun kafolat muddati, Servis daftarida koʻrsatilgan kafolat boshlangan sanadan eʼtiboran qaysi biri oldinroq boshlanishiga qarab, 36 oyni yoki 100 ming km oʻtilgan masofani tashkil etadi.
Avtomobil egasi faqat kafolat muddati mobaynida avtomobilning lok-boʻyoq qoplamasi sifatiga talablarini taqdim qilishi mumkin.
Lok-boʻyoq qoplamasi uchun kafolat muddati avtomobil birinchi xaridorga sotilgan (topshirilgan) paytdan eʼtiboran (yaʼni, Servis daftarida koʻrsatilgan kafolat boshlangan sanadan eʼtiboran) boshlanadi. Avtomobil egasi faqat kafolat muddati mobaynida avtomobilning lok-boʻyoq qoplamasi sifatiga talablarini taqdim qilishga haqli.
Boshqa izohlar:
Avtomobilning lok-boʻyoq qoplamasi boʻyicha ishlar uchun kafolat Diler tomonidan taqdim qilinadi. Distribyutor detallarning lok-boʻyoq qoplamasi boʻyicha ishlar uchun kafolat bermaydi, chunki boʻyash asl ehtiyot qismlarga tegishli emas, balki bajarilgan ishga tegishlidir.